«madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi» tegli maqolalar


Modernizm davridagi 10 ta bino milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi
23 aprel 2024, 11:51

Modernizm davridagi 10 ta bino milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga modernizm davriga oid yangi 10 ta bino kiritilishi, 10 tasining maqomi o‘zgartirilishi kutilmoqda. Ular orasida “O‘zbekiston” mehmonxonasi, “Kosmonavtlar” metro bekati va Aviasozlar saroyi bor.

Venetsiyada O‘zbekistondagi muzey kolleksiyalaridan iborat “Shakl va ramz” ko‘rgazmasi ochildi
18 aprel 2024, 09:51

Venetsiyada O‘zbekistondagi muzey kolleksiyalaridan iborat “Shakl va ramz” ko‘rgazmasi ochildi

Venetsiyadagi Ka Foskari universitetida “Shakl va ramz” ko‘rgazmasi ochildi. “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” loyihasining ikkinchi bo‘limi hisoblangan namoyishda Turkiston avangardining evolyutsiyasi haqida so‘z boradi.

Toshkentda yana bir mozaikali bino reklama bannerlaridan tozalandi (+foto)
17 aprel 2024, 03:46

Toshkentda yana bir mozaikali bino reklama bannerlaridan tozalandi (+foto)

Toshkent shahri Beruniy-1 massivida mozaika chizilgan binodan reklama bannerlari olib tashlandi. Bu mozaik pannolar madaniy meros obyektlari qatoriga qo‘shilganidan buyon yuz bergan bu kabi kamida ikkinchi holat. Foto.

Foto: Italiyada “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi loyihasi taqdimoti bo‘ldi
16 aprel 2024, 18:14

Foto: Italiyada “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi loyihasi taqdimoti bo‘ldi

Florensiyadagi Pitti saroyida “Nur va rang” ko‘rgazmasi ochildi. U “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” loyihasining bir qismi bo‘lib, Yevropa jamoatchiligini ilk bor Toshkent va Nukus san’at muzeylari kolleksiyalaridagi rus va “sharq” avangard asarlari bilan tanishtirmoqda.

Toshkentda mozaikali binodagi reklama banneri olib tashlandi (+foto)
6 aprel 2024, 00:50

Toshkentda mozaikali binodagi reklama banneri olib tashlandi (+foto)

Mart oyida qabul qilingan qaror bilan endi mozaik pannolar madaniy meros obyektlari hisoblanadi, ular chizilgan binolarga esa reklama bannerlari o‘rnatish taqiqlanadi. Shu sababli 5-aprel kuni Mirobod ko‘chasida joylashgan mozaikali binodan reklama banneri olib tashlandi. Foto.

Endi aholi binolardagi himoyalash kerak bo‘lgan mozaikalar haqida xabar berishlari mumkin bo‘ladi
1 aprel 2024, 22:50

Endi aholi binolardagi himoyalash kerak bo‘lgan mozaikalar haqida xabar berishlari mumkin bo‘ladi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi jamoatchilikni binolardagi himoya va asrab-avaylashga muhtoj mozaika va pannolar haqida xabar berishga chaqirdi.

O‘zbekiston Expo Osaka 2025 Butunjahon ko‘rgazmasida qatnashadi
26 mart 2024, 16:21

O‘zbekiston Expo Osaka 2025 Butunjahon ko‘rgazmasida qatnashadi

O‘zbekiston Yaponiyada o‘tadigan Expo Osaka 2025 Butunjahon ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi milliy pavilon qurilishi boshlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2024-yilda Tadao Ando loyihasi bo‘yicha Davlat san’at muzeyi uchun yangi bino qurilishi boshlanadi.

Dohada “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasi ochildi — foto
25 fevral 2024, 14:22

Dohada “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasi ochildi — foto

Qatarning Doha shahridagi dizayn biyennalesida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasi ochildi. Unda 49 ta qo‘l mehnati namunasi, jumladan yog‘och, ikat shoyisi va baxmal matosidan tayyorlangan buyumlar o‘rin olgan. Ko‘rgazma ochilishida prezident yordamchisi Saida Mirziyeyova ham qatnashdi.

Xitoydagi Osiyo liboslari ko‘rgazmasiga 86 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi
14 noyabr 2023, 10:36

Xitoydagi Osiyo liboslari ko‘rgazmasiga 86 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi

Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi”ni 86 mingdan ortiq kishi tomosha qildi. Unda O‘zbekistonning 20 ta muzey eksponati, jumladan, an’anaviy o‘zbek so‘zanasi, chopon va zargarlik buyumlari namoyish etildi.

Buxoroda jadidchilikka bag‘ishlangan ilk muzey ochiladi
19 iyul 2023, 12:16

Buxoroda jadidchilikka bag‘ishlangan ilk muzey ochiladi

Buxoro shahridagi “Hovli poyon” uyida O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ishtirokida jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan ilk muzey tashkil etilmoqda. Bu uy O‘rta Osiyo jadidchiligi yetakchilaridan biri Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevga tegishli bo‘lgan.

Venetsiya arxitektura biyennalesida O‘zbekistonning me’morchilik loyihasi namoyish etildi (foto)
22 may 2023, 12:01

Venetsiya arxitektura biyennalesida O‘zbekistonning me’morchilik loyihasi namoyish etildi (foto)

18-Venetsiya arxitektura biyennalesining ochilishida O‘zbekiston “Unbuild Together: Archaism vs. Modernity” loyihasini taqdim etdi. Loyihaga Fransiyaning Studio KO byurosi kuratorlik hamda Toshkentdagi Aju universiteti hamkorlik qilmoqda.

Luvrdagi O‘zbekiston madaniy merosi ko‘rgazmasini 260 mingga yaqin kishi tomosha qildi
7 mart 2023, 18:00

Luvrdagi O‘zbekiston madaniy merosi ko‘rgazmasini 260 mingga yaqin kishi tomosha qildi

Parijdagi Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma yakunlandi. Noyabr oyida uning ochilishida Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron ishtirok etgandi. Shu vaqt oralig‘ida ekspozitsiyaga 260 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi.

Savitskiy muzeyining durdonalari Florensiyadagi mashhur Uffitsi galereyasida namoyish etiladi
12 yanvar 2023, 15:36

Savitskiy muzeyining durdonalari Florensiyadagi mashhur Uffitsi galereyasida namoyish etiladi

Uyg‘onish davri jahon san’ati durdonalari jamlangan Florensiyadagi mashhur Uffitsi galereyasida 2024 yilda Nukusdagi Savitskiy muzeyi kolleksiyasidagi asarlar ko‘rgazmasi namoyish etiladi. Bu borada galereya va O‘zbekiston madaniyat va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasidagi memorandum imzolandi.

Zamonaviy san’at markazini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etildi
18 may 2022, 18:20

Zamonaviy san’at markazini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etildi

O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Fransiyaning Studio KO arxitektura byurosi tomonidan Zamonaviy san’at markazi binosini rekonstruksiya qilish va Toshkentning tarixiy mahallalarida ikkita art-rezidensiya yaratish loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Loyihalarni 2023 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi
13 dekabr 2021, 12:46

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati tarkibiga kiritildi. Jamg‘armaning moliyalashtirish tartiblari, asosiy vazifalari o‘zgarishsiz qoldi.

Alisher Usmonovning fondi O‘zbekiston madaniy merosini saqlab qolish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatladi
3 noyabr 2021, 15:38

Alisher Usmonovning fondi O‘zbekiston madaniy merosini saqlab qolish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatladi

Rossiyalik biznesmen va metsenat Alisher Usmonovning «San’at, fan va sport» xayriya jamg‘armasi O‘zbekiston madaniy merosini saqlab qolish, shu jumladan, Toshkentda modernizm me’morchiligini qayta tiklash bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. O‘tgan asrning 60−80 yillarida poytaxtda qurilgan binolarga tashqi jozibadorlik taqdim etib, funksional jihatdan takomillashtiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting